Namangan muhandislik texnologiya institutiga Hindistonning Mavlano Azad Urdu Milliy universiteti rektori professor Mohammad Aslam Parvaiz va Javohir Lal Nehru universiteti professori Ahlaq Ahan tashrif byurdi. Tashrifdan asosiy maqsad bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish va talabalar bilimini yanada boyitish maqsadida tajriba almashinshdir. Talabalar va professor-o’qituvchilarga til o’rganishning yangi metodlari va til o’rganishning bugungi kundagi ahamiyati shuningdek O’zbekiston va Hindistonning adabiy, madaniy va ta’lim sohasidagi hamkorliklari haqida ma’ruzalar o’qidi. O’zbekistonlik buyuk yozuvchilarning she’r, asar va tarjimalari jahon adabiyotiga munosib hissa qo’shayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Nofilologik yo’nalishlarda chet tillarni mukammal o’qitish talabalarga jahonning etuk olimlarining turli sohalarda yozilgan kitob va  ilmiy tadqiqotlarini o’rganish uchun katta imkoniyatdir, deya ta’kidladi professor Ahlaq Ahan.

Professorlar tomonidan chet tilni xorijiy til sifatida o’rganish bo’yicha turli aloqalarni yo’lga qo’yish, tilni mukammal o‘rganish va tajriba almashinish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo’yicha turli takliflar berildi. Professor-o’qituvchilar va talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Fikr almashinildi, professor-o’qituvchilar va talabalar o’z fikrlarini bildirdi. Ma’ruza juda qiziqarli hamda baxs munozarali bo’lib o’tdi.

Institut rektori O.O.Mamatkrimov bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda institutda o’qitilayotgan fanlar va sohalar bo’yicha xorijiy hamkorlik ishlarini amalga oshirish yuzasidan turli vazifa va rejalar belgilandi. Kelgusida professor-o’qituvchilarni malaka oshirishi va talabalar almashinuvi masalasida ham hamkorlik ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan institutda tayyorlanayotgan turli sohalar bo’yicha etuk mutaxasislarni taklif etish masalasi  amalga oshirilishiga ko’mak berilishi va muntazam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilishi kelishib olindi.