O’zbekiston Respublikasi Prezidenting beshta tashabbusining to’rtinchisi yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish va ularning o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilishdir. Shu munosabat bilan Namangan Muhandislik-Texnologiya instituti «Oliy matematika» kafedrasi mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi Muradov Rustamjon Sobitxonovich ham o’zi tahsil olgan Chortoq tumanidagi 5-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatiga (5-DIMI) turli janrlardagi kitoblarni sovg’a qildi. Yoshlarni orasida kitob o’qiydiganlarini ko’paytirishimiz kerak ekanligi, shundagina biz iqtidorli yoshlarni ajrata olishimiz va ularni ichki iqtidorlarini ochib berishimiz mumkin ekanligi ta’kidlab o’tildi. Bundan esa maktab internat rahbariyati va o’quvchilari juda mamnun ekanliklarini bildirib o’tishdi.