Select Page

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda 2019 yilning may oyi “Sport oyligi”munosabati bilan Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda “Kimyo-texnologiya” fakulteti sportning futbol turi bo’yicha “Dekan kubogi” musobaqasida g’oliblar anqlandi.

O’tkazilgan musobaqa natijalariga ko’ra I-kurs “Matbaa va qadoqlash” jamoasi 3-o’rinni, birinchi o’rin uchun o’tkazilgan final bosqichida I-bosqich “Kimyoviy texnologiya” jamoasi III-bosqich “Oziq-ovqat” jamoasiga qarshi o’yinga tushdi.

O’yin natijalariga ko’ra III-bosqich “Oziq-ovqat” jamoasi I-bosqich “Kimyoviy texnologiya” jamoasi ustidan 1:0 xisobida g’alaba qozonib 2019 yilgi “Dekan kubogi” sovrindori bo’ldi.

Musobaqa yakunida “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng yaxshi xujumchi” futbolchi nominatsiyasi bo’yicha jamoa a’zolariga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.