Select Page

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Xotira-kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy me’rosimizni anglatib turuvchi muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning ruhiyatini tozalaydi, orzu intilishlarga maqsad-maslaklariga oliyjanoblik bag‘ishlaydi.”

                Shu munosabat bilan 2019 yil 3-4 may kunlari “9-may Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab “Qishloq ho‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi” fakultetining “Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi” va “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishlarining 1-4 kurs talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

               3-may kuni 2 ta o‘yin o‘tkazilib, birinchi o‘yin “Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalaridan iborat jamoa bilan “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalaridan iborat jamoa o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yinda “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi jamoasi g‘olib bo’ldi. Ikkinchi o‘yinda “Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 1-kurs talabalaridan iborat jamoa g‘olib chiqdi.

                4-may kunida o‘tkazilgan 2 ta o‘yinlarda esa “Tabiiy tolani dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 3-kursi va “Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 4-kurslaridan iborat jamoalar g‘olib chiqdilar.

                Ushbu g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa o‘rtasidagi keyingi bosqich o‘yinlari 2019 yil 6 may kuni o‘tkaziladi.