“Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori professor Komilova Holida Hafizovna 2019 yil 1 may kuni institutga tashrif buyurib, “Yengil snaoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasining 1, 2 kurs “Dizayn” (kostyum), Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv, trikotaj va charm va mo’yna buyumlari texnologiyasi) ta’lim yo’nalishi talabalari bilan uchrashuv o’tkazib ularga Fransiya xalqaro modular akademiyasi va Toshkent to’qimachilik instituti o’rtasida shartnoma tuzilganligini ma’lum qilgan holda atroflicha ma’lumotlar berdi va talabalarni ushbu akademiyada o’qish uchun taklif qildi. Talabalarning qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi. Uchrashuvda NamMTI o’quv ishlari bo’yicha prorektor R.Isroilov, professor X.I.Axmedhodjayev, kafedra mudiri J.Ergashevlar ishtirok etdi.