Shu yil 2 may kuni Uychi tumanidagi 26-umumta’lim maktabida “KITOB BILAN NURLI KELAJAK SARI” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda NamMTI “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri A.Mirzaev, assistentlar Z.Abdullaev, I.Karimov va N.Sayfullaevalar qatnashib, maktabga kafedra nomidan 10 nomdagi badiiy adabiyotlarni sovg‘a qildilar. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga, xususan, institutga o‘qishga taklif etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Quyida ushbu tadbirdan lavhalar keltirilgan.