Select Page

Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo-texnologiya” fakulteti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish” bo’yicha 5 ta muhim tashabbusining II-bandi(Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish)ga muvofiq fakultet talabalari o’rtasida sportning futbol turi bo’yicha “Dekan kubogi” musobaqasiga start berildi. Bunda ishtirok etgan jamoalar I-guruh saralash bosqichida I-bosqich “Oziq-ovqat” jamoasi I-bosqich “Matbaa va qadoqlash” jamoasiga qarshi o’yinga tushdi. O’yin yakuniga ko’ra “Matbaa va qadoqlash” jamoasi 1:2 xisobida muvoffaqiyat qozondi.

Fakultet dekan muovini A.Soliyev