Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish” ta’lim yo‘nalishi 10u-18 guruxi talabalari bilan To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kasb-xunar kollejida  tuman  oila markazi kengashi raisi Muqaddas Axmedova  ishtirokida  davra suxbati o‘tkazildi. Davra suxbatini dots. A Nasritdinov  ochib,so‘zni tuman oila markazi  raisi M.Axmedovaga berdi.

  M.Axmedova   davra suxbatida yigitlar va qizlar o‘rtasidagi erta turmushni oldini olish, ajrimlarni kamaytirish, nikox muqaddasligini barchaning qalbiga singdirdi. Qizlarni kelinlikka tayyorlash kabi xayotiy masalalar xaqida atroflicha  yoritib berdilar.U o‘z so‘zida bo‘lajak kelin-kuyovlar to‘ydan oldin o‘zlarini kelajakdagi o‘zaro turmush  jarayonlarida uchraydigan fikrlarini bir-birlariga aytib ,kelishib,maslaxatlashib olishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Qizlarimiz o‘zini ibo-hayosi bilan xuddi o‘zini oilasini qadrlagani kabi,turmush o‘rtog‘ining oilasini ham qadrlab ardoqlashi kerakligi to‘g‘risida gapirdi

     Hozirgi kunda  yosh oilalar orasida  bir-birini tushunmaslik,arzimagan masalalar yuzasidan ajralib ketish holatlari ko‘payib bormoqda.Bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha mahallalarda targ‘ibot-tashviqot guruxlari tuzilib, yosh oilalarni buzilib ketishini,etim bolalarni ko‘payishini oldi olinmoqda.

Ushbu davra suxbatida talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga etarli javoblarni oldilar va o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarib oldilar