Select Page

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ma’lumotli mutahassislar tayyorlash sifatini oshirishda iktisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ.-3151 qarorida qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlash- tirish” kafedrasida  zamonaviy ishlab chikarish korxonalari va kasb-xunar kollejlaridagi mavjud texnikalarni tuzilishi va ularni ishlash jarayonlarini

talabalarga amaliy ko‘rsatish maqsadida 5411200-Manzarali bog‘dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 10u-18 guruhining dars jadvalidagi  “Manzarali bog‘dorchilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish” fanidan amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini ko‘chma tarzda To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida   tashkil etilmoqda.

 Ushbu kollej Shvetsariya-Germaniya loyihasi asosida zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Gurux talabalari Manzarali bog‘dorchilikni ko‘kalamzor- lashtirish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish,   traktorlar va qishloq xo‘jalik agregatlarini tuzilishi va ishlash jarayonlari bilan tanishib bormoqdalar.Dars jarayonida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib amaliy o‘rganib chiqmoqdalar. Talabalarda ushbu ko‘chma dars jarayoni juda katta qiziqish uyg‘otmoqda.Kelgusida boshqa ishlab chiqarish korxonalarida ham amaliy mashg‘ulot mavzulari mazmunidan kelib chiqib darslarni tashkil etishni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.