NAMANGAN MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA INSTITUTI

Joriy yilda institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan 1500 ga yaqin buyurtmalar kelib tushgan. Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda Respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. 2018-2019 o‘quv yilida institutni bitiruvchi bakalavr va magistrlar institutda yuqori nazariy va amaliy bilimlarni egallagan, zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida ish faoliyatini bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda tashkil qiladigan malakali mutaxassislar bilan o‘zaro muloqot qilishingiz mumkin. Yosh mutaxassislar Siz raxbarlik qilayotgan korxona va tashkilotlaringiz rivojiga ulkan xissa qo‘shishlariga institut jamoasi ishonch bildiradi.

Sizni qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi kadrlarga bo‘lgan extiyojlar va takliflaringizni institut marketing bo‘limiga yuborishingizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: +99893-404-93-06;, 232-90-33

Web site:  www.nammti.uz                          

E-mail: nammti_marketing@umail.uz                                                                                                                                                                                                                                                                                                                Namangan muhandislik – texnologiya instituti kundizgi bo‘limini 2018-2019 o‘quv yilida bitirayotgan yosh mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumot