Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodi” kafedrasi o‘qituvchilari i.f.n. dots.O.S.Kazakov, G‘.A.Madiyarov, i.f.n. katta o‘qituvchi L.X.Ubaydullaev, G.Solieva, katta o‘qituvchi R.Karimjanovalar 2019 yil 12 aprel kuni Kosonsoy oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish kasb- xunar kolleji va Qo‘qumboy qishloq xo‘jalik kasb-xunar kollejiga tashrif buyurib, kollej bitiruvchi o‘quvchilari o‘rtasida o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasi to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Shuningdek Namangan muhandislik-texnologiya institutining moddiy texnika bazasi,o‘quvchilarga berilayotgan imkoniyatlar hamda inistitutdagi mavjud yo‘nalishlarga 2019-2020 yilda yana 3 ta yangi yo‘nalish qo‘shilishi kutilayotganligi,bundan tashqari Rossiyaning Saratov oblastidagi Texnika Universiteti bilan xamkorlikda 2+2 loyihasi asosida talabalar taxsil olishlari mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berdilar.