Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʼyicha chora-tadbirlar dasturi”ning 31-bandida belgilangan vazifalar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2019 yil 10 apreldagi 327-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʼrtasida 2019 yil may oyining birinchi oʼn kunligida “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida oʼtkaziladigan “Eng yaxshi plakat” va “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalarida tanlov oʼtkaziladi.

 Tanlovning har bir yoʼnalish boʼyicha Respublika bosqichida gʼolib boʼlgan talabalar quyidagi tartibda pul mablagʼlari va Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining diplomlari bilan ragʼbatlantiriladi:

“Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida oʼtkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar:

1-oʼrin – 2 000 000 (ikki million) soʼm

2-oʼrin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) soʼm

3-oʼrin – 1 000 000 (bir million) soʼm.

         “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida oʼtkaziladigan “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar:

1-oʼrin – 2 000 000 (ikki million) soʼm

2-oʼrin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) soʼm

3-oʼrin – 1 000 000 (bir million) soʼm.

Batafsil maʼlumotlar uchun Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼlimi xodimlariga murojaat qilishingiz soʼraladi.