Select Page

2019 yilning 10 aprel kuni Namangan muhandislik texnologiya instituti, Kimyo-texnologiya fakulteti 9vu-18 guruhi talabalar ishtirokida Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Shahand qishlog‘i hududida joylashgan “Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzey” ga ekskursiya uyushtirildi.

Tashrif davomida Axsikent zamini ostida tariximizning hali ochilmagan ko‘plab sirlari pinhon yotibdi, – deydi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi rahbari, tarix fanlari nomzodi, dotsent T.Qozoqov. – Prezidentimizning alohida e’tibori tufayli mazkur tarixiy maskan bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, arxeologik izlanishlar davom ettiriladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, bu yerda Zahiriddin Muhammad Boburning haykali o‘rnatilib, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan me’moriy ansambl tashkil etish, Axsikentni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirib, xalqaro sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish ko‘zda tutilgan.