“Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida tadbir tashkil etildi. 2019 yil 5 fevral kuni institut faollar zalida “O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 30-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyat Prokuraturasi xodimlari va DXX mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda “Ta’lim muassasalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida institut rektori O.O.Mamatkarimov Institut professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlarni huquqiy madaniyatini oshirish, ularning qonunga hurmat tuyg’usini yanada shakllantirish maqsadida institut rahbariyati hamda yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab, Yurtboshimiz tomonida amalga oshirilayotgan turli hil islohotlar, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligi yuzasidan tushuntirish berib o’tdi. Shuningdek, davra suhbatida O.Mamatkarimov yurtimizdagi bo’layotgan o’zgarishlarda huquqni muxofaza qiluvchi organlarni faoliyati katta axamiyat kasb etayotganligi va ular bilan olib borilayotgan targ’ibot tadbirlarining dolzarbligi xaqida ta’kidlab o’tdi. Davra suhbatida Namangan viloyat Prokuraturasi xodimi bugungi mavzu yuzasidan mamlakatimiz o’zi tanlagan taraqqiyot yulidan dadil odimlab borar ekan, milliy manfaatlarimizni inobatga olgan holda olib borilayotgan izchil tashqi siyosat davlatimizning jahon xamjamiyati tomonidan e’tirof etilishini, xalqaro maydonda obru-e’tiborining ortib borayotganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, nafaqat respublikamiz, balki er yuzidagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan, hammani birdek tashvishga solayotgan muammolar mavjudki, ulardan biri korruptsiyadir. Ya’ni korruptsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funktsiyalarini bajarish vakolatiga ega bo’lgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o’z maqomi va u bilan bog’liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishidir. Shu bois korruptsiya va poraxo’rlikni hech ikkilanmay «taraqqiyot kushandasi» deb atash xususida bir qator targ’ibot-tashviqot fikrlari yuzasidan o’rtoqlashdi. Shundan so’ng DXX mas’ul xodimi korruptsiya – mansabdor shaxsning o’z mavqei va vakolatlaridan, unga ishonib topshirilgan huquqlardan foydalanib, o’z manfaatlarini ko’zlab, axloq va odob qoidalarini buzgan holda amalga oshirgan jinoiy harakatlari yig’indisidir. Mansabni suiste’mol qilish korruptsiyaning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unda jinoyat yakka shaxs hamda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin. Shuningdek, ta’lim dargohlarida qabul komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish, komissiya faoliyatida izchillik hamda turli hil noxush holatlarni oldini olish maqsadida institutda targ’ibot-tashqviqot ishlari olib borilayotganligi, bir qator shaxslar tomonidan professor-o’qituvchilarni noto’g’ri yo’lga boshlash, ta’magirlik va poraxo’rlik kabi salbiy holatlarni oldini olish bo’yicha tegishli tadbirlar olib borilayotganligini xususida o’z fikr mulohazalarini berib o’tdi. Shundan so’ng tadbir ishtirokchilari faol talabalar va professor-o’qituvchilar tomonidan mutaxassilarga bergan savollariga munosib javoblar oldilar. Institut rektori O.Mamatkarimov institutning barcha professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlari hamda talaba-yoshlari nomidan mutasaddi tashkilot xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirildi. Rektor mutasaddi xodimlar guvohligida qishki semestr yakunlari davomida professor-o’qituvchilarning reyting baholashlari jarayonida ta’magirlik va shunga o’xshash turli xil salbiy oqibatlarga yo’l qo’yilmasligi borasida barcha yig’ilish ishtirokchilarni ogoxlantirishga chaqirdi.