Select Page

Institutga Sankt-Peterburgdan professor tashrif buyurdi

2019 yil 29 yanvar kuni institutga Sankt-Peterburg tog’-kon universiteti professori, texnika fanlari doktori, “Transport va neft-gaz saqlash” kafedrasi mudiri Shipachyov Andrey Mixaylovich tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida A.Shipachyov va institut rahbariyati o’rtasida OTMlarining hamkorligini rivojlantirish bo’yicha muzokalar o’tkazildi. So’ng institut talabalari va magistrantlari uchun A.Shipachyov ishtirokida seminar-trening o’tkazildi. Seminarda mexmon o’zi faoliyat olib borayotgan Sankt-Peterburg tog’-kon universiteti to’g’risida taqdimotini namoyish etdi hamda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, xorijiy talabalarni magistratura va doktoranturaga qabul qilish jarayonlari hamqida atroflicha gapirib berdi. Talabalar hamda professor-o’qituvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tashrif yakunida ikkita oliy ta’lim muassasalari o’rtasida mustahkam hamkorlik amalga oshirish bo’yicha kelishib olindi.