Select Page

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 28 fevralь – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 9- sonli majlis bayoniga muvofiq institut rahbar hodimlari viloyat umumta’lim maktablarida “Kitob chelendj” aktsiyasini o‘tkazish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 30 umumta’lim maktabida tahsil olgan institutning 7 nafar professor-o‘qituvchilar tashrif buyurib 115 nomdagi 123 nusxada o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar umumta’lim maktabi ARMga topshirildi.
Shu bilan birga R.Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 28 fevralь – 1 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 9- sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarda jami 25 nafar o‘qituvchi va 105 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.