Select Page

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo`yicha qo`shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta`minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 20-22 mart kunlari Muhandislik-texnologiya fakultetining “Texnologik mashinalar va jihozlar” ta`lim yo`nalishining 3 va 4-kurs talabalaridan tashkil topgan guruh “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasining yetakchi dotsentlari А.  Muradov va N. Dadaxanovlar rahbarligida Namangan-Samarqand-Namangan yo`nalishi bo`yicha Zamin sayqali, Sharq gavhari, go`zal obidalar diyori, ko`hna va navqiron, afsonaviy shahar bo`lgan Samarqandga sayohatga yuborildi.

Talaba yoshlar qadimiy va navqiron Samarqandning eng diqqatga sozovor joylarni ziyorat qildilar. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimov qabrini ziyorat qilib, gullar qo`ydilar.

Bundan tashqari quyidagi tarixiy-madaniy ob`ektlar bo`ylab sayohat qildilar:

  • Shoxi Zinda majmasi;
  • Doniyor payg`ambar maqbarasi;
  • Ulug`bek rasadxonasi;
  • Go`ri Аmir maqbarasi;
  • Registon maydoni (Sherdor, Tillakori, Ulug`bek madrasalari);
  • Imom al Buxoriy majmuasi;
  • Bibixonim masjidi va Qadimiy Аfrosiyob shahri arxeologik qoldiqlari bo`ylab sayohat qilindi.

Samarqand shahridagi mashhur Siyob bozoridan esdalik sovg`alarini sotib olish uchun vaqt ajratiladi. Ustozlar va talabalar muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, Mustaqillik yillaridagi amalga oshirilgan ulkan  bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan yaqindan tanishib, bir olam taasurot bilan qaytishdi. Sayohat unutilmas lahzalar va taassurotlarga boy bo`ldi.