Select Page

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan muhandislik-texnologiya instituti boshlang’ich tashkiloti tomonidan fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli elchisi, uyg‘onish va yasharish, poklanish va yangilanish ayyomi – Navro‘zi olam munosabati bilan “Mahoratli malika 2019” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

Xalqimizda «Tinch yurtga bayramlar, to‘ylar yarashadi» degan teran mazmun-mohiyatga ega hikmatli ibora bor. Yaratganga beadad shukronalar bo‘lsinki, muhtaram Yurtboshimizning dono siyosati tufayli xalqimiz tinch, osoyishta, farovon hayot kechirmoqda. Orzu niyatlariga yetishish uchun yurt istiqboli yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda. Farzand va nevaralarini tarbiyalab kamolini ko‘rmoqda. Inson uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak! Maftunkor bahor fasli ajoyib bayramlari bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy udumimiz–Navro‘zi olam o‘ziga xos beqiyos jihatlariga ega. Navro‘z tinchlik, totuvlik, bag‘rikenglik, qut-baraka timsoli, mehr-muhabbat ayyomidir. Asl milliy bayramimizda xalqimizning qadimiy urf odatlari, an’analari, umrboqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgan.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida ta’kidlanganidek, necha ming yillar davomida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etib, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan Navro‘zning istiqlol yillaridagi o‘rni va mohiyati oshib bormoqda. Xalqimiz uchun tabiat uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini yurtimizning barcha hudud va mintaqalarida har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash ezgu, bir so‘z bilan aytganda, tabiiy an’anaga aylanib qoldi. Umumxalq bayrami tarixining uch ming yilliklar bilan bog‘lanishi Sharq xalqlari dunyo tamaddunida katta o‘rin va mavqega ega ekanligidan nishona sifatida har birimizning qalbimizda faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Tanlov institutning barcha fakultet qizlari o’rtasida tashkil etildi.

Ko’rik tanlovda mahorat malikalari quyidagi shartlar bo’yicha baholandi:

  1. Tezkor savol javob (siyosiy-huquqiy);
  2. Pazandachilik mahorati;
  3. Iqtidorini namoyon etish (erkin mavzu);

Shartlar bo’yicha o’z iqtidori va yuksak salohiyatini ishga solib, o’z  fakulteti shanini munosib  himoya qilgan ishtirokchi qizlar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topildi;

  1. “Eng iqtidorli qiz”
  2. “Eng zukko qiz”
  3. “Eng pazanda qiz”
  4. “Eng namunali qiz”

Ushbu nominatsiyalar bo’yicha

  • “Muhandislik-texnologiya” fakulteti talabasi Yakubjanova Durdona “Eng iqtidorli qiz” nominatsiyasi;
  • “Avtomatika va energetika” fakulteti talabasi Mullajanova Zulfizar “Eng zukko qiz” nominatsiyasi;
  • “QXMDQIT” fakulteti talabasi Turg’unova Namuna “Eng pazanda qiz” nominatsiyasi;
  • “Kimyo-texnologiya” fakulteti talabasi Sadriddinova Zulxumor “Eng namunali qiz” nominatsiyalari bo’yicha g’olib deb topildi va esdalik sovg’alari hamda faxriy torliq bilan taqdirlandilar.

“Kimyo-texnologiya” fakulteti

Yoshlar yetakchisi

O.X.Azimov