Select Page

21-mart “Navro‘z umumxalq bayrami” kuni munosabati bilan
Namangan muhandislik – texnologiya instituti Yengil sanoat texnologiyasi fakultetida “Osh chempionati” o‘tkazildi
2019 yil 19 mart kuni Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti talaba yigitlari o‘rtasida “Osh chempionati” o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati tomonidan oshni tayyorlash jarayoni kuzatib borildi.
Hakamlar hay’ati tomonidan “Osh chempionati”da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan II- bosqich 4vu-17 guruh talabasi Nasriddinov Adhamga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Qolgan ishtirokchilar ham to‘plagan ballaridan kelib chiqib quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  1. “Osh chempionati” g‘olibi – Nasriddinov Adham 4vu-17 guruh
    I bosqich talabasi
  2. “Eng mohir oshpaz” nominatsiyasi- Abdurahmonov Baxtiyor 4au-16 guruh III bosqich talabasi
  3. “Eng yaxshi bezatilgan osh” nominatsiyasi- Turg‘unbaev Shoxrux 4au-18 guruh I bosqich talabasi
  4. “Eng tartibli oshpaz” nominatsiyasi- Xabibullaev Nodir 15u-18 guruh I bosqich talabasi
  5. “Eng chaqqon oshpaz” nominatsiyasi- Yusufjanov Ibrohim 4r-17 guruh II bosqich talabasi
  6. “Eng kreativ oshpaz” nominatsiyasi- Yulbarsov Shaxboz 4u-18 guruh I bosqich talabasi

“Osh chempionati”da tayyorlangan oshlar 21-mart “Navro‘z umumxalq bayrami” kuni munosabati bilan Namangan shahridagi Psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan tipdagi “Bolalar uyi”ga bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi.