Select Page

21-mart “Navro‘z umumxalq bayrami” kuni munosabati bilan
Yengil sanoat texnologiyasi fakultetida “Bahor malikasi-2019” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2019 yil 19 mart kuni Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti talaba qizlari o‘rtasida “Baxor malikasi-2019” ko‘rik-tanlovi quydagi shartalar asosida o‘tkazildi.
Birinchi shart “Assalomu alaykum” deb nomlangan tanishtiruv sharti bo‘lib, ishtirokchilar bu shartni bajarishda o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, erishilgan natijalar xaqida musiqiy va badiy sahna ko‘rinishlari, ko‘rgazmali taqdimotlar orqali ma’lumot berib o‘tdilar.
Ikkinchi shart “Tafakkur sinovi” deb nomlanib, ushbu shartda barcha ishtirokchilarning huquqiy bilimlari hamda mantiqiy fikrlay olish qobilyatlari sinovdan o‘tkazildi.
Uchinchi shart “Pazandalik maxorati” deb nomlandi. Ushbu shartda ishtirokchilarning qay darajada pazandalik mahoratiga ega ekanliklari alohida sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu shartlar bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4r-17 guruh talabasi Mukarramova Mohinurga “Bahor malikasi-2019” nishoni, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Qolgan ishtirokchilar ham to‘plagan ballaridan kelib chiqib turli xildagi nominatsiya va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandi.