Select Page

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25 fevral 2019 yildagi 133-f sonli Farmoniga asosan Namangan muhandislik-tehnologiya institutida 2019 yil 17 mayda “Oʻzbekistonda Harakatlar strategiyasi samaradorligini oshirishda marketing konsepsiyalaridan foydalanish muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman
AXBOROT XATI

MUHOKAMAGA TAVSIYA ETILAYOTGAN MUAMMOLAR:

  1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiyalash, raqobatbardoshligini oshirish, ichki va jahon bozorlarida sotishni takomillashtirish muammolari: innovatsion gʻoya va texnologiyalarni hamda sifat menejmentini joriy etish; brending; dizayn; reklama vositalarini tanlash; yangi brendlarni bozorga kiritish; logistika tizimi va boshqalar boʻyicha maxalliy va yetakchi chet mamlakatlardagi tajribalar;
  2. Iqtisodiyotni klasterlashtirish muammolari: “Paxta-toʻqimachilik”, “Meva-sabzavot” va boshqa yoʻnalishlarda klasterlarni shakllantirish masalalari boʻyicha chet el tajribasi;
  3. Innovatsion gʻoya va texnologiyalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish jarayonlarida marketingning ragʻbatlantiruvchi strategiyalaridan foydalanish: xorij va maxalliy korxonalar amaliyoti hamda samaradorligi;
  1. Oʻzbekistonda chakana va ulgurji hamda tashqi savdoni rivojlantirish masalalari;
  2. Markaziy Osiyo tovarlar va xizmatlar yagona xalqaro bozorini yanada rivojlantirishda marketing konsepsiyalarini oʻrni;
  3. Xizmat koʻrsatish tarmoqlari: turizm; texnik-injiniring; maishiy; tibbiy; taʼlim; moliya; bank; sugʻurta; axborot kommunikatsiyalari-texnologiyalaridan foydalanish va boshqa sohalarda marketing strategiyalarini qoʻllash natijalari (rivojlangan mamlakatlar yutuqlari va Oʻzbekiston tajribasi);
  4. Oʻzbekistonda Marketologlar tayyorlashni takomillashtirish muammolari.
    Anjuman tili: oʻzbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman qatnashchilari: Anjumanga chet mamlakatlar olimlari, korxona, kompaniyalar va vazirliklar mutaxassilari, professor-oʻqituvchilar, tayanch doktorantura izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar taklif etiladi. Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyada ishtirok etgan mualliflarga 1 nusxadan bepul tarqatiladi.
Maʼruza matnlarini rasmiylashtirish boʻyicha talablar:
• maʼruza matnlari Times New Roman shriftida hamda 14 oʻlchamdagi shriftda 1 intervalda, 4 betdan kam boʻlmagan hajmda yozilgan va tahrir qilingan boʻlishi lozim;
• matnning oxirida alohida ilmiy-nazariy ahamiyatga moliq taklif va tavsiyalar berilishi shart;
• matnning joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, oʻngdan – 1,5 sm, chapdan – 2,5 sm. oʻlchamda belgilanadi;

• maʼruza tezislari 1 nusʼha qogʻozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
• maʼruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi, telefoni va elektron manzili toʻliq koʻrsatilishi kerak.

Muddat: maʼruzalar 2019 yilning 15 apreliga qadar qabul qilinadi va anjumanga qadar chop etiladi.

Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yoʻnalishiga moʻljallanganligi aniq koʻrsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega boʻlmagan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Bogʻlanish uchun telefonlar: 69 2287668, 99 3275865
E-mail: nammti.ilmiy@bk.ru

Tashkiliy koʻmita manzili: 160115. Namangan shahri Kosonsoy koʻchasi, 7-uy.