Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • O’rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • fuqarolik pasporti nusxasi;

Bundan tashqari abiturient qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi. 

Xalqaro va Respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi. 

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 15 iyulgacha taqdim etishlari shart aks holda undan keyin topshirilgan tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.