Select Page

Buxgalteriya

Namangan muhandislik-tehnologiya instituti buxgalteriya bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, institut Ustavi va buxgalteriya bo‘limi Nizomi asosida olib boradi.

 Bo‘limning maqsadi institutning samarali faoliyat ko‘rsatishi va yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishishi uchun zarur moliyaviy shart-sharoit yaratish hamda institut moddiy-texnika bazasini kuchaytirish maqsadida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumidan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash, xarajatlarni moliyalashtirishda tasdiqlangan reja (smeta) va limitlar doirasidan chiqmaslikka erishish, institutning joriy va istiqboldagi iqtisodiy holatini yanada yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:

  • bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun institutning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim qilishni talab qilish;
  • institutning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;
  • bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;
  • amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib institutning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha institut Kengashiga takliflar kiritish;
  • bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq institutning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;
  • institutda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;
  • o‘rnatilgan tartibda hamda muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, statistika va soliq idoralariga hisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;
  • qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin.