Выбрать страницу

Hurmatli institut talaba-yoshlari joriy 2019 yil fevral-mart oylari Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 26 yanvardagi 78-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan himoyasi-har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusida hamda “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi. Insholar tanlovi

1.“Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich-institutning fakultetlari akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy 2019 yil 18-23 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich-institut miqiyosida fakultetlararo birinchi bosqich g‘oliblari o‘rtasida 25-30 mart kunlari o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich (yakuniy)–respublika oliy talim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. Tanlov bo‘yicha uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar quydagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:

1- o‘rin — 2 000000 (ikki million) so‘m;

2- o‘rin — 1 500000 (bir million besh yuz ming) so‘m;

3- o‘rin — 1000000 (bir million) so‘m.