Har kuning bayram bo’lsin! deb be’jiz aytilmagan. Boisi Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Kimyo-texnologiya” fakulteti tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan xotin-qizlarni kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlari va bu orqali ma’naviy dunyosini yanada boyitish maqsadida “Har bir qizga bir kitob” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida fakultetning barcha xotin-qizlariga bayram sovg’asi sifatida badiiy kitoblar topshirildi.  Bundan ko’zlangan maqsad jamiyatimizda va shu o’rinda Namangan muhandislik-texnologiya institutida ham kitob mutolaasiga bo’lgan e’tiborni yanada oshirish, yoshlarni katta hayotga tayyorlab borish hamda ota-bobolarimizning shonli tarixini yanada yaxshiroq o’rganishni ko’zda tutadi. Loyiha doirasida Oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, fakultet dekani, dekan muovunlari, professor-o’qituvchilari hamda talaba yigitlari faol ishtirok etdilar.

“Kimyo-texnologiya” fakulteti

Yoshlar yetakchisi O.Azimov