Ayni kunlarda yurtimizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli mehmon bo’lmoqda. Bahor kirib kelishi bilan esa eng avvalo go’zallik va nafosat ayyomi “Xotin-qizlar kuni” bayramini kutib olishga intilamiz. Bu borada erta tongdan oliygohning “Kimyo-texnologiya” fakulteti rahbariyati hamda fakultet Yoshlar ittifoqi faol yoshlari tomonidan “SEN BARIBIR MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL” shiori ostida bayram tabrigi aksiyasi o’tkazildi. Aksiya doirasida Oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor, fakultet dekani, dekan muovunlari, professor-o’qituvchilari hamda talaba yigitlari tomonidan institut xotin-qizlari qizg’in muborakbod etildi. Dastur davomida barchaga xush kayfiyat ulashish maqsadida iqtidorli talabalar tomonidan ayollarni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

“Kimyo-texnologiya” fakulteti

Yoshlar yetakchisi O.Azimov