Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev Respublikamizdagi chekka-chekka hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida reja asosida barcha viloyatlarga tashrif buyurmoqdalar.
Prezidentimizning bu galgi, 28 fevral – 1 mart kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida qator yirik loyihalar, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, viloyatimiz faollari bilan videokonferentsiya tarzida uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv chog‘ida Davlatimiz rahbari tomonidan viloyatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, har bir tumanlarga katta-katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriyalar, maktablar, bog‘chalar qurish, ish joylari yaratish bo‘yicha ulkan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif berib, ijrosi yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar belgilab berdilar.
Uchrashuvda berilgan topshiriq va vazifalar hamda viloyatimiz aholisi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarni aholining barcha qatlamiga etkazish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 5 mart kuni institut rektori Mamatkarimov Odiljon Oxundadaevich hamda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi Najmiddinov Asadilla Ikramovichlar ishtirokida Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay QFYning Qayroqi, Soybo‘yi va Namuna MFY faollari bilan davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirda Prezidentimizning viloyatimizga tashriflari davomida belgilab berilgan vazifalari va yangi loyihalarining mazmun-mohiyati va maqsadi, uning natijasida aholimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Shuningdek, hududdagi mavjud muammo va kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning viloyatimizga tashrifi va unda belgilangan vazifalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 28 fevral – 1 mart kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida bergan topshiriq va vazifalarining ijrosiga bag‘ishlab joriy yilning 5 mart kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirga “FT TEXTILE GROUP” MChJ rahbari Z.Rahimov, “Axsikent majmuasi” direktsiyasi rahbari T.Qozoqovlar taklif etilib, ular Prezidentimiz Sh.Mirziyoev bilan bo‘lgan uchrashuv taasurotlari gapirib, Prezidentimiz tomonidan berilgan taklif va mulohazalar asosida kelgusida amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida gapirib o‘tdilar.
Tadbirda institutimiz rektori O.Mamatkarimov so‘zga chiqib, Davlatimiz rahbari tomonidan viloyatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, har bir tumanlarga investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriyalar, maktablar, bog‘chalar qurish, ish joylari yaratish bo‘yicha ulkan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bergan takliflari hamda vazifalarning mazmun-mohiyati va maqsadi yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.