Select Page

YANGI HAMKOR – YANGI REJALAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909 hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida institutda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 18 fevralь kuni institutimiz rektori O.Mamatkarimov Amerika Qo‘shma shtatlarining Texas xalqaro ta’lim markazi professori Ravi Prokash Dani bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, mutaxassislar almashinuvini rivojlantirish, hamkorlikda kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Rejada professor Ravi Prokash Dani tomonidan institut talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun master-klasslar o‘tkazish hamda “Xalqaro fermerlar muloqoti” mavzusidagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etish rejalashtirilgan.