Select Page

Namangan viloyati, Uychi tumanidagi 22-maktabga 2019 yil 20 fevral kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professori Nigmatova Fotima Usmanovna 4 nafar shogirdlari hamda Namangan muhandislik institutining “Yengil sanoat mahsulotlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi mudiri dotsent Ergashev Jamoliddin Samatovich, kafedra dostsentlari Hojimatov Rasuljon Soliyevich, Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, Qayumov Jo’ramirza Abdurahmatovich va Mahsudov Shoxruhmirzo Abdulhamid o’g’li tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida maktabning o’qituvchilari va bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan olimlarning davra suhbati o’tkazilib, unda professor F.Nigmatova va J.Ergashevlar o’zlari faoliyat olib borayotgan institutlar to’g’risida ma’lumotlar bilan tanishtirdilar va o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha  javob berdilar.

Shuningdek, professor F.Nigmatova tikuvchilik sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotganligi sababli maktabning 8,9,10 va 11 sinf o’quvchilarini tana tuzilishi o’lchamlarini oldilar.