+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bolimi

Bo’lim boshlig’i

Ergashev Axmadjon Maxmidjonovich

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Telefon:

+998 97 374 51 22

Markaz tarkibi

Ergashev Axmadjon Maxmidjonovich — Bolim boshlig’i

Ibragimov Ilg’orbek — Bo’lim muhandisi 

Markaz vazifalari

NАMАNGАN MUHАNDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDА IQTIDORLI TАLАBАLАRNING ILMIY-TАDQIQOT FАOLIYATINI TАSHKIL ETISH BOʼLIMI TOʼGʼRISIDА NАMАNGАN MUHАNDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTIDА IQTIDORLI TАLАBАLАRNING ILMIY-TАDQIQOT FАOLIYATINI TАSHKIL ETISH BOʼLIMI TOʼGʼRISIDА NIZOM

  1. Umumiy qoidalar

Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” PQ – 2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ – 3151 -son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ – 3775 -son qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “Oʼzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʼbatlantirish toʼgʼrisida”gi 226 -sonli qarori hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining 2018 yil 24 avgustdagi 18-2018 -sonli qoʼshma qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi institutda yuqoridagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan, iqtidorli talabalar bilan ishlash borasidagi vazifalarning uzluksiz bajarilishini taʼminlash borasida faoliyatini amalga oshiradi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi vazifalari

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimining maqsadi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ – 3775 -son qaroriga muvofiq har bir oliy taʼlim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish (mazkur guruhlardagi talabalar soni oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi), 2-kursdan ularni oʼqitishni alohida oʼquv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy taʼlim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish, institutda iqtidorli talabalarni maqsadli ilmiy faoliyatga jalb qilish va yoʼnaltirish, kafedralar hamda fakulьtetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirishdan iborat.Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashning vazifalari quyidagilardan iborat: iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish; malakali professor-oʼqituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish; ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish; iqtidorli talabalarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy taʼlimning keyingi bosqichlariga tayyorlash ishlariga jalb qilish;iqtidorli talabalar boʼyicha Institut banki va monitoringinishakllantirish; iqtidorli talabalar uchun maxsus oʼquv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish; buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.

Boʼlimdagi mavjud shtatlar:

T/r Lavozim nomi Shtat birligi1. Boʼlim boshligʼi 12. Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi 1 Boʼlim boshligʼining asosiy vazifalari:- institutda iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga shart-sharoit yaratish boʼyicha takliflar tayyorlash; – institutning yuqori bilim va malakaga ega professor-oʼqituvchilarini iqtidorli talabalar bilan individual ishlashga jalb etish; – iqtidorli talabalarni ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish boʼyicha takliflar tayyorlash; – institutda iqtidorli talabalar bankini shakllantirish va uning monitoringini amalga oshirish;- iqtidorli talabalar uchun maxsus oʼquv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish boʼyicha takliflar ishlab chiqish; – ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli talabalar va ularga biriktirilgan professor-oʼqituvchilarni ragʼbatlantirish boʼyicha takliflar tayyorlash;- institut kafedralarining iqtidorli talabalar faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish;- institutning ilmiy jamoatchiligini keng jalb qilgan holda iqtidorli talabalar faoliyatini tashkil etishning yillik va istiqbol rejalarini tuzish hamda institut Kengashi muhokamasiga kiritish. Tasdiqlangan rejalar ijrosini nazorat qilish;- institutda iqtidorli talabalarning reyting rejalari ishlab chiqilishiga hamda uning monitoringi yuritilishiga rahbarlik qilish;- iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari boʼyicha yillik hisobotlarini tahlil qilish jarayonlarini tashkil etishga rahbarlik qilish.- institutning iqtidorli talabalar faoliyatiga oid yillik hisobotni shakllantirish hamda institut kengashi muhokamasiga olib chiqish; – iqtidorli talabalar va ularning faoliyatiga oid maʼlumotlarni institutning rasmiy veb-saytida yoritib borilishini taʼminlash;- buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash boʼyicha takliflar ishlab chiqish.

3.2. Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisining asosiy vazifalari:- iqtidorli talabalar bilan ishlashni hamda amalga oshirilishi rejalashtirilgan seminarlar, davra suhbatlarini yuqori saviyada tashkil etish;- iqtidorli talabalar bilan tashkil etiladigan chuqurlashtirilgan mashgʼulotlar grafigini ishlab chiqish;- kafedra hamda fakulьtetlar rahbariyati bilan hamkorlikda institutning yuqori bilim va malakaga ega professor-oʼqituvchilari roʼyxatini shakllantirish;- institutda iqtidorli talabalar bankini shakllantirish va uning monitoringini olib borish;- institut kafedralarining iqtidorli talabalar faoliyatini yanada kengaytirish boʼyicha oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni tashkil etishga koʼmaklashish;- institutda iqtidorli talabalarning reyting rejalarini ishlab chiqish hamda uning monitoringini yuritish;- iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari boʼyicha yillik hisobotlarini tahlil qilish jarayoniga koʼmaklashish.

  1. Iqtidorli talabalarni tanlash tamoyillari

Iqtidorli talabalarni izlash oʼqishning dastlabki kunlaridan va kasbga yoʼnaltirish ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.Barcha fanlardan yuqori reyting koʼrsatkichiga erishgan va maxsus dastur asosida oʼqishga xohishi bor talabalar maxsus (ixtisosliklar boʼyicha) sinovlardan oʼtadilar.Maxsus sinovlardan muvaffaqiyatli oʼtgan va oʼzlarining xohishlariga koʼra ilmiy ishlar bajarishga, chet tili, axborot texnologiyalari, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida oʼqishga moyilligi bor talabalar «Iqtidorli talaba» deb tan olinadi.Iqtidorli talabalar quyidagi talablarga javob berishlari zarur:fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirishi;chet tillaridan biri (bir nechtasi)ni puxta egallashi;yuqori darajadagi kompьyuter savodxonligiga ega boʼlishi;mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq etish xususiyatlariga ega boʼlishi;sohasi boʼyicha mustaqil bilim olishga yoʼnaltirilgan va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlari shakllangan boʼlishi lozim.Iqtidorli talaba oʼzining maxsus oʼquv va ijodiy ishlarini toʼla va belgilangan muddatlarda bajarishi, oʼqishda, ijodiy ishlarni bajarishda boshqa talabalarga oʼrnak boʼlishi zarur.

Iqtidorli talabalarning mustaqil taʼlim faoliyatinitashkil etish

«Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga fakulьtet ilmiy kengashining tavsiyasiga koʼra institut rektorining buyrugʼiga asosan chuqurlashtirilgan maqsadli mashgʼulotlar tashkil qilinadi.Taʼlim olayotgan fan sohalari boʼyicha maxsus sinovlar natijalariga va fakulьtet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan iqtidorli talabalar guruhlari shakllantiriladi hamda chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlar tashkil etiladi. Chuqurlashtirilgan mustaqil mashgʼulotlar oʼquv dasturi asosida amalga oshiriladi. Chuqurlashtirilgan maqsadli mustaqil mashgʼulotlarning oʼquv dasturi, umumiy (asosiy) oʼquv dasturiga qoʼshimchalar kiritish yoʼli bilan oʼquv boʼlimi, dekanatlar va kafedralar hamkorligida iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda har oʼquv yilining boshida (20-sentyabrgacha) tuziladi va institut rektori tasdigʼiga kiritiladi.Tanlab olingan fanlardan mustaqil oʼqitishni chuqurlashtirish (chuqur bilim berish) talabalarning qobiliyatlarini eʼtiborga olgan holda ushbu fanlar oʼquv dasturlarini kengaytirish hisobiga boʼlishi mumkin. Iqtidorli talabalarni oʼqitishni tashkil etish ularda mustaqil taʼlim olish koʼnikmalarini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan boʼlishi shart.Ilmiy rahbar (ustoz) iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda oʼrganilishi nazarda tutilgan fan oʼqituvchilari bilan hamkorlikda maxsus dastur va tematik reja tuzadi.Iqtidorli talabalar bilan oʼquv mashgʼulotlari davra suhbatlari, berilgan shaxsiy topshiriqlarning muhokamasi, seminarlar va talabalarni qiziqtirishga yoʼnaltirilgan boshqa shakllarda olib boriladi.Iqtidorli talabalar uchun institut axborot resurs markazidan, xalqaro maʼlumotlar baʼzalaridan foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Iqtidorli talabalarga fakulьtet va kafedralar tavsiyasiga koʼra ilmiy rahbar tayinlanadi. Ustoz oʼzining shogirdi bilan hamkorlikda olib boradigan, oʼquv yilining soʼnggida erishilishi kutilayotgan natijalar rejasini tuzadi va ushbu reja fakulьtet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.Fakulьtet ilmiy kengashi har bir iqtidorli talabaning 1 yillik faoliyat ish rejasini tasdiqlaydi. Fakulьtet ilmiy kengashi oʼquv yili davomida kamida bir marta ilmiy rahbarning yoki zarur boʼlgan holda iqtidorli talabaning oʼquv va ijodiy rejalarini bajarilishi haqidagi hisobotlarini muhokama qiladi. Ustozning talaba bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijalari qoniqarli emas deb topilsa, ularga zarur tavsiyalar beriladi yoki talabani iqtidorli talabalar safidan chetlatish haqida fakulьtet dekani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektorga tavsiya beradi.Boʼlim iqtidorli talabalarning oʼquv va ijodiy ishlarini reja boʼyicha borishini, kafedralarda talabaga hamma oʼqish sharoitlarni yaratilishini nazorat qilib boradi. Kafedra va talabaning ustozi hamkorlikda talabaga nazorat ishlari, kurs ishlari va boshqa oʼquv ishlarini topshirish muddatlarini belgilaydi.Maxsus dastur asosida oʼqitilayotgan iqtidorli talaba bilan hamkorlikda va uning ijodiy rejasini eʼtiborga olgan holda fanlar boʼyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, oʼquv dasturini bajarish usullari belgilanadi, talaba fanlarni oʼzlashtirishi uchun kerakli adabiyotlar, uslubiy qoʼllanmalar, texnik vositalar bilan taʼminlanadi, ularga fanlardan maslahatchi oʼqituvchi belgilanadi va topshiriq nazorati belgilangan muddatda qabul qilib olinadi.Chuqurlashtirilgan fanlar boʼyicha mashgʼulotlar maxsus jadval asosida ilmiy raxbar yoki maslahatchi bilan hamkorlikda berilgan shaxsiy topshiriqlarning bajarilish holatiga qarab belgilanadi. Chuqurlashtirilgan oʼquv dasturi boʼyicha, yuqori reyting koʼrsatkichlariga ega talabalar va samarali mehnat qilib yuqori koʼrsatkichlarga erishgan professor-oʼqituvchilar oʼrnatilgan qoidalar boʼyicha taqdirlanishga tavsiya etiladilar.

  1. Iqtidorli talabalar bilan ish olib boruvchi professor-oʼqituvchilarni tanlash

Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi boʼyicha yetarli bilimga ega boʼlgan professor-oʼkituvchilar jalb etiladi.Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega boʼlgan, oʼquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʼyicha reytingi yuqori boʼlgan professor va dotsentlar tayinlanadi.Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;iqtidorli talabalar bilan ishlash boʼyicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilgʼor tajribalarni oʼrganish va ularni oʼz faoliyatida qoʼllash;yangi pedagogik texnologiya, kompьyuter va video-audio texnikalarini oʼquv jarayonida keng qoʼllash;maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish boʼyicha takliflar kiritish.

Iqtidorli talabalarning vazifalari

yuqori darajada ahloqli, madaniyatli va ilmga chanqoq boʼlishi, doimo yangilikka intilishi;oʼzining intellektual salohiyatini doimo oshirib borish, internetdan foydalana olish, ilmiy adabiyotlardan, institutda, respublikada, xorijda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan xabardor boʼlish;ingliz, rus va boshqa xorij tillarini mukammal oʼrganish va bilish; ilmiy-tadqiqot ishlari uchun material toʼplashi va ilmiy rahbari bilan olingan maʼlumotlarni tahlil qilishi;ilmiy-tadqiqot ishi natijalari boʼyicha boʼlimga hisobot berib borishi;

Iqtidorli talabalar hamda ularning ustozlarini ragʼbatlantirish

Fanlarni chuqur oʼrganayotgan, ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashayotgan iqtidorli talabalarni institut rahbariyati quyidagilarga tavsiya etishlari mumkin:Respublika hamda xalqaro nufuzli tanlovlarda ishtirok etish;Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashish; iqtidorli magistratura talabalarini kafedralarda ilmiy izlanuvchi oʼqituvchi boʼlib ishlash yoki tayanch doktoranturada oʼqishni davom ettirish;iqtidorli bakalavriat talabalarini magistraturada oʼqishni davom ettirishi;qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa koʼrinishdagi moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish;Iqtidorli talabalarni tayyorlashda yuqori koʼrsatkichlarga erishgan professor-oʼqituvchilar institut rahbariyati, tomonidan quyidagilarga tavsiya etilishi mumkin:moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish;“Yilning eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovida ishtirok etish;xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari hamda ilm maskanlarida malaka oshirish, stajirovka oʼtash va tajriba almashishga yuborish;ustama haqlarning belgilanishi;qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa koʼrinishdagi moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirish.Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturiga sarflanadigan harajatlar institutning byudjetdan tashqari topgan mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladi.Iqtidorli talabalarni va ularning ustozlarini qoʼshimcha ravishda ragʼbatlantirish va taqdirlash turlari institutning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengaytirilishi mumkin.Buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasa iqtidorli talabalarga stipendiya belgilashi mumkin.

Yakunlovchi qoidalarMazkur Nizom amaldagi qonunchilik hujjatlariga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritilganda qayta ishlab chiqiladi.

Markaz manzili: