Xalqaro aloqalar bo’limi

Bo’lim boshlig’i

Umarxonov Nurillo Ismatullaevich

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Bo'lim tarkibi
Bo'lim vazifalari

• Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 13 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida»gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan institutning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish.

• Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida institutda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib boorish va har chorak da Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot kiritish.

• Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish.

• Institutning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish.

• O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

• Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi so‘rovlariga binoan tayyorlab borish.

• Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga institut professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tavsiya etish.

• E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va institut kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosida bevosita ishtirok etish.

• Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Institutda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, institut vebsaytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

Bo’lim manzili: NamMTI, 6-bino