Select Page

Buxgalteriya bo’limi

Bosh hisobchi

Madiyorov Shavkat Muxtorovich

Qabul vaqti:

Telefon:

Faks:

E-Mail:

Har kuni, 9:00-17:00

+998 69 232 97 79

+998 69 232 97 79

Bo'lim tarkibi
  • Madiyorov Shavkat Muxtorovich – Bosh hisobchi
  • Manonov Farrux Juramirzaevich – Bosh hisobchi muovini-auditor
  • Yuldashev Elmurod Abdujalil o’g’li – Ish haqi bo‘limi hisobchisi
  • Mamajanov Dilmurod Maxmudovich – To’lov-shartnoma bo‘limi hisobchisi
  • Hasanov Baxtiyor G’ulomovich – Moddiy qiymatliklar bo‘limi hisobchisi
  • Anvarjanov Abror Anvarjon o’g’li- Stipendiya bo‘limi hisobchisi
  • Ibroximova Iqbola Ikromjonovna- Maxsus xisob hisobchisi
Bo'lim vazifalari

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
  • buxgalteriya hujjatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qiladi;
  • byudjet mablag‘larini, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni harajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
  • tashkilotda hodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini, shuningdek, ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqilishini tashkil etadi;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshiradi;
  • pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashadi, inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtiradi hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilishini tashkil etadi;
  • moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini yuritilishini va ulardan to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qiladi;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzadi va topshiradi;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
  • buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini saqlaydi;
  • mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy hatti-harakatlar qilinayotgani ma’lum bo‘lib qolgan hollarda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqda institut rektoriga yozma axborot beradi;
  • bosh hisobchi buxgalteriya bo‘limi xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi;
  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.

Bosh hisobchi muovinining asosiy vazifalari:

  • institutning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat ko‘rsatish hamda xaridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar hisobini yuritadi;
  • tovar-moddiy boyliklar harakati va hisobdan chiqarilishini nazorat qiladi hamda rasmiylashtiradi;
  • tovarshunosga ishonchnoma beradi va uning nazoratini olib boradi;
  • hisob-fakturalar bo‘yicha bajarilgan ishlarning hisobini yuritadi va solishtirma dalolatnomalar tuzadi;
  • tovar-moddiy boyliklarni me’yordan ortiqcha bo‘lishini oldini oladi va moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi moddiy boyliklarni tekshirib turadi;
  • tuzilgan xo‘jalik shartnomalari hisobini yuritadi;
  • byudjet, pensiya jamg‘armasi va ilmiy loyihalarni bajarish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar sarflanishining harakatini olib boradi;
  • tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha oylik va choraklik hisobotlarni tuzadi;
  • har oyda har bir schyotlar bo’yicha yozuvlarni bosh kitobga qayd etadi;
  • institutning choraklik va yillik hisobotlari uchun yig‘ma hisobotlarni tayyorlaydi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Bosh hisobchi muovini-auditorning asosiy vazifalari:

  • institutning shtat jadvaliga muvofiq bosh hisobchiga bo‘ysunadi;
  • xodimlarning ish haqi va talabalar stipendiyasini o‘z vaqtida hisoblanishi va to‘lanishini nazorat qiladi;
  • kassa intizomini va har oylik kassa hisobotlarini tekshiradi;
  • tabel asosida ishga chiqmayotganlarni aniqlaydi va rahbariyatga yozma bildirishnoma tayyorlaydi;
  • institutning to‘lov-kontrakt, boshqa manbalar bo‘yicha maxsus hamda rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larining harakatini yuritadi va hisobotlarni tayyorlaydi;
  • debitor va kreditor qarzdorliklarni muddatini nazorat qiladi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • bosh hisobchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni dasturga kiritadi;
  • tabel asosida xodimlarga ish haqi hisoblanishini ta’minlaydi;
  • plastik kartochkalarga arizalarni qabul qiladi va bankka yetkazadi;
  • yil tugagach soliq inspeksiyasiga har bir o‘rindoshlik asosida ishlagan xodimlarga hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi;
  • xodimlarning arizalariga asosan ish haqidagi ushlanmalarni amalga oshiradi;
  • xodimlarning har oylik hisoblangan ish haqidan plastik kartochkalarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalarga reestr tuzadi va bankka taqdim etadi;
  • shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badali reestrini tuzadi va Xalq bankiga taqdim etadi;
  • ishlovchi pensionerlarga har oyda pensiya topshiriqnomasi asosida so‘rovnomani shakllantiradi va Moliya vazirligining byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi filialiga taqdim etadi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • institut talabalarga stipendiya tayinlash bo‘yicha buyruq asosida stipendiya hisoblash va to‘lashni tashkil etadi.
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning kirim-chiqim hisobini yuritadi;
  • moddiy javobgar shaxslarga o‘tkazilgan moddiy boyliklar hisobini olib boradi;
  • hisobdan chiqarilayotgan moddiy boyliklarni tekshiradi va dalolatnoma tayyorlaydi;
  • moddiy boyliklarning harakatini moliyalashtirish manbasi asosida amalga oshiradi;
  • moddiy javobgar shaxslarning oylik hisobotini qabul qiladi va shu asosida qoldiqlarni tekshiradi;
  • muntazam ravishda moddiy javobgar shaxslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar butligi ustidan nazorat olib boradi;
  • institutning asosiy vositalari hisobini yuritadi;
  • asosiy vositalarning eskirishi va qayta baholanishini amalga oshiradi;
  • institutda tashkil etiladigan inventarizatsiyada qatnashadi va inventarizatsiya yozuvini rasmiylashtiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

G‘aznachining asosiy vazifalari:

  • institut kassasining oylik hisobotini tayyorlaydi;
  • chek orqali bankdan naqd pul olib kelishni ta’minlaydi;
  • to‘lov vedomostlari yoki xarajat orderi orqali pul tarqatilishini ta’minlaydi;
  • deponentlangan pulni bankka topshiradi;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

 1-toifali hisobchining asosiy vazifalari:

  • Institutning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lar va ularning xarajatlari hisobini yuritish:
  • talabalardan yotoqxona uchun to‘lovlar hisobini yuritish;
  • sport kompleksga sport xizmatlaridan kelib tushgan mablag‘lar hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • institut oshxonasidan kelib tushgan mablag‘larni hisobini yuritish;
  • “Moliyachi” oromgohidan kelib tushgan mablag‘lar hisobini yuritish;
  • ijara haqi va ijarachilarning kommunal to‘lovlarini hisobini yuritish va solishtirma dalolatnomalar tuzish;
  • institning byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘arma hisob raqamiga boshqa kelib tushgan mablag‘lar harakatini nazorat qilish va hisobini yuritish;
  • bosh hisobchi va bosh hisobchi muovini tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Bo’lim manzili: NamMTI 6-bino, 1-qavat