+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Bugun Namangan aeroporti katta y’oliga viloyatdagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan havaskor velopoygachilar yig’ildilar.
Aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida viloyat hokimligi tomonidan uyushtirilgan ushbu velomarafon ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Viloyatimizning barcha sohalari vakillari orasida NamMTI jamoasi ham qatnashdi. Velosiped minishning afzal tomonlarini boshqalardan k o’ra yaxshiroq his qiladigan velosiped ishqibozlarining do’stona poygasida bolalardan tortib keksa ishtirokchilarga birin-ketin start berildi. Darhaqiqat,kundan kunga avtomobillar soni ko’payib borayotgan bir paytda velosiped minishning inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi haqidagi mulohazalar barchaning ko’nglidan o’tdi. Malumot ornida shuni aytish kerakki, mutaxassislarning fikricha, pandemiya tufayli yuzaga kelgan jiddiy vaziyatda ochiq havoda velosipedda sayr qilish kasal bolish ehtimolini qisqartirar ekan. Kasallikni boshidan kechirganlar uchun esa bu mashg`ulot juda katta foyda berarkan.


NamMTI axborot xizmati