+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Bugun butun dunyoni tashvishga solgan pandemiya ta’lim tizimida ham tezkor chora tadbirlar ko’rishni taqozo etdi. Jiddiy vaziyat tufayli darslar onlayn tarzida davom ettirilyapti. Masofaviy ta’lim sifatini oshirish borasida NamMTI professor-o’qituvchilari ham izlanisnlar olib bormoqdalar. Ayniqsa, til o’rganish murakkab jarayon. Shu bois institutning chet tillar kafedrasi pedagoglari horijliklar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydilar.
Navbatdagi anjuman ham keng doirada o’tkazildi. Unda institut rektori va proffessor- o’qituvchilari , AQSH, Vengriya, Misr, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Qirg’isizton kabi davlatlarning 50 dan ortiq yetuk olimlari qatnashdilar.
«Chet tili o’rgatishning innovatsion usullari, til o’qitishda mahorat va tarjimalarning ro’li» mavzusida fikr almashdilar. Shuningdek, institut rahbariyatining indoneziyalik mutaxassislar bilan til o’rgatish markazi ochish haqida olib borgan muzokaralari ham bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Indoneziyalik Alfred Bobyning aytishicha, NamMTI da xorijiy tillarni o’qitish borasida barcha imkoniyalar yetarli. Xalqoro hamkorlik loyihalari shu tarzda davom etsa, kelgusida barcha proffessor -o’qituvchilar horijliklar bilan tarjimonsiz suhbatlasha oladilar.
Tadbirdan ko’zlangan maqsad ham shu.

NamMTI axborot xizmati.