+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Talabalik-bu baxtga erishganlar umrining oltin davridir. Kelajak uchun qo’yilgan mustaqil qadam. Ayniqsa, 1-kursdagi sevinchu hayajonlar, hayratlar… Buni shu baxtli onlarni boshidan kechirganlargina qalbdan his eta oladilar. NamMTI ga yangi qabul qilinganlarning ham quvonchi cheksiz. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 1-kurs talabalari  bilan birin-ketin tanishtiruv darslari o’tkazilyapti.  Bugun bilim dargohida bo’lib, ilk darsni boshlagan  talabalarning  taassurotlari bilan qiziqdik.

Biyrona Olimjonova (Andijon): — Eng quvonchli xabar-NamMTIning respublikada 16, vodiyda 1-o’rinni egallaganidan judayam quvondim. Chunki nufuzli  oliygohga o’qishga kirish men uchun katta baxt. Menga bu maskan judayam yoqdi. Orzuim ushaldi. Baxtiyorman.

Dilnavoz Rasulova.(Farg’ona): — Dizaynerlikka juda qiziqaman. Orzuim mashhur dizayner bo’lish edi. Endi institutda o’qib sohaning yetuk mutaxassisi bo’lmoqchiman. Bu yerda yaratilgan sharoitlar menga juda yoqdi.

Dilgira Muhammadjonova (Pop): — Bolaligimdan dizaynerlik jonu dilim bo’lgan.  Niyatimga yetish uchun imkon tug’ildi. Endi shu yo’nalishdagi fakultetda o’qishni boshladim. Uztozlar, yaratilgan sharoitlar ko’nglimdagidek ekan.

Maftuna Rasulova (Andijon): — Institut mening tasavvurimdagidan ham chiroyli va shinam ekan. Pandemiya sharoyiti vaqtinchalik, albatta. Biz ruhimizni tushirmay o’qishni boshladik. Ustozlarimiz gigiyena qoidalariga rioya etishimizni tayinladilar. 3 kun institutda bo’lib keyin masofaviy ta’lim olarkanmiz. Hammasi zo’r.

Yengil-sanoat texnologiya fakulteti talabalari ilk darsga ota-onalari bilan birga keldilar. Farzandlari o’qiydigan institutdagi sharoitlar, ustozlar  bilan yaqindan tanishgan  ota-onalarning fikrlarini tingladik. 

Ahmadjon Aqilov( Andijon): —  Qizimdagi dizaynerlikka qobiliyatni ko’rib albatta oliygohda o’qitaman deb niyat qilgandim. NamMTI ni tanlab adashmabmiz. Byudjetga kirib bizni xursand qildi. 1- dars juda yaxshi tashkil qilinibdi. Institut rahbari va ustozlarga rahmat aytaman.

Muborak Qo`ldosheva (Andijon): — Nabiram ham byudjetga kirdi, shukr. Iqtidorli, she’rlar yozadi. Bilimi va qobiliyati bilan institut nomini bundan ham ko’tarilishiga o’z hissasini qo’shadi degan umiddaman.

Bahrom Shokirov (Pop): — Tadbirkorman. Farzandlarimni oliy ma’lumotli bo’lishlari uchun sharoitlar yaratib berganman. NamMTI vodiydagina emas, respublikada ham o’z mavqeyiga  ega ekanligi uchun shu dargohda o’qityapman.

His -hayajonga to’lgan taassurotlar, talabalik sururi, nafaqat yoshlar balki kattalarni ham to’lqinlantirib yubordi. Farzandlari bilim oladigan dargoh bilan yaqindan tanishib ko`ngillari to’ldi. Pandemiya tufayli faqat 1- kurslar uchun tashkil etilgan tanishuv darslari 3 kun davom etadi. So’ngra darslarni onlayn orqali davom ettiradilar.

ILK SABOQ TAASSUROTLARI
ILK SABOQ TAASSUROTLARI
ILK SABOQ TAASSUROTLARI
ILK SABOQ TAASSUROTLARI

NamMTI axborot xizmati.