+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Ozbekning shirin kalomi naqadar yoqimliligini hech his qilganmisiz? Buning qimmatini ozga yurtlarda bexosdan qulogiga chalingan sof ozbekcha takallufdan boshi osmonga yetgan vatandoshlarimizdan sorang. Istibdod yillarida ona tilimizni qadrsizlantirishga uringanlarning asl niyati millatimizni oyoq osti qilish edi. Bugun NamMTIida ZOOM orqali otkazilgan “Ozbek tili- ijtimoiy taraqqiyot va yuksalish timsoli” mavzusidagi videomuloqotda ham ana shu masalalar muhokamalar markazida bo’ldi. Mamlakatimiz miqyosida katta taraddud bilan kutib olinayotgan 21 oktabr — ozbek tili bayrami tom ma’noda qalblarimizda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otmoqda. Tadbirga Institut va NamDU dan proffessor-oqituvchilar, hamda 1- kurs talabalari taklif etildi. Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri¸ pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saodat Inamova, ozbek tili fani oqituvchisi Rano Ishoqova, NamDU o’qituvchilari — ozbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Mahbuba Sobirova, filologiya fanlari doktori Ibrohim Darveshov, filologiya fanlari nomzodi Farida Karimovalar til millatning manaviy boyligi ekanligi, uning otmishi haqida mulohazalarini bayon etar ekanlar, ayrim yoshlarning ona tilini asrash borasidagi sa’y-harakatlari sust ekanini tanqid ostiga oldilar. Iqtidorli talabalar ona tilimizni madh etuvchi sherlar oqidilar.