+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Shiddat bilan o`zgarib borayotgan bugungi davr har sohada muhim burilishlar yasashga undayapti. Millatimiz kelajagini belgilovchi ta`lim tizimidagi o`zgarishlar ham shular jumlasidan. NamMTI tomonidan “ZOOM” dasturi orqali o`tkazilgan video muloqot shu yilninig 23 sentyabrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining Ta`lim to`g`risidagi qonuni yangi tahriri” ga bag`ishlandi. 400 nafardan ortiq professor-o`qituvchilar, hamda talaba yoshlar ishtirokidagi mazkur tadbirda Ta`lim to`g`risidagi qonun yangi tahririning  avvalgisidan asosiy farqlari va ularning muhim ahamiyati haqida so`z  bordi.

Аnjumanda xalq taʼlimi vaziri oʼrinbosari Dilshod Kenjayev, Oʼzbekiston Milliy Universiteti professori Vohidjon Topildiyev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor Ma`rufjon Qayumov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Muxammadjon Аlixanov taʼlimga qoʼyilayotgan muhim talablar,  ularning oliy taʼlimga joriy etish masalalari haqida fikr yuritdilar. NamMTI rektori O.Mamatkarimov pandemiya sharoitida dunyo miqyosida vujudga kelgan jiddiy vaziyat taʼlim tizimiga katta masʼuliyat yuklagani, masofaviy taʼlimni takomillashtirish lozimligini alohida taʼkidlab oʼtdi. Talabalar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Muloqot soʼngida mazkur masala fakultetlar miqyosida atroflicha ko`rib chiqiladigan boʼldi.

ZOOM PLATFORMASIDA QONUNLAR SHARHI