+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Namangan muhandislik texnologiya institutida ta`lim samaradorligini oshirish borasida aniq chora tadbirlar belgilangan. Yaqinda institutning oliy talim muassasalari Milliy reytingida respublikada 16, vodiyda esa 1- o`rinni egallagani fikrimiz isbotidir.

   Oliy ta`lim muassasasida  jahon tajribalariga asosan yanada takomillashtirilgan yangi metodika ishlab chiqildi. Unga ko`ra institut bitiruvchilari haqida ish beruvchilarning bahosi, talabalarning mutaxassislik fanlarini bilish darajasi, professor- o`qituvchilar yaratgan ilmiy maqolalarning  xalqaro nashlarda chop etilishiga ham  e`tibor qaratiladigan bo`ldi.

    Yilldan yilga  yaxshi ko`rsatkichlarni qayd etayotgan mazkur bilim dargohi rektori O. Mamatkarimov hali oldinda amalga oshirilishi kerak bo`lgan vazifalar  ko`p ekanligi, institutda yaratilgan sharoitlar, professor-o`qituvchilarning ilmiy salohiyati yoqori darajadaligini ta`kidladi.    Ma`lumot o`rnida shuni aytish joizki, 3 yilgi natijalardagi sezilarli tafovutlarda  bu fikrda o`z tasdig`ini topadi.