+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

1.  “Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi”;

2.  “Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi”;

3.  “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;

4.  “Yilning eng faol sportchi talabasi”;

5.  “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;

6.  “Yilning eng faol bloger talabasi”;

7.  “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”.

Ishtirok etish istagida boʻlgan talabalar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning elektron shakli va yigʻma jildini oʻz fakultetlarining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga

2020-yil 16-oktyabrga qadar taqdim etishlari mumkin:

Maʼlumot uchun masʼullar:

Yengil sanoat texnologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A.Maxmudov 93-304-06-50

Avtomatika va energetika fakulteti dekan oʻrinbosari E.Aliyev 93-495-43-43

Kimyo texnologiya fakulteti dekan oʻrinbosari I.Ismailov 93-916-42-42

Muhandislik texnologiya fakulteti dekan oʻrinbosariF.Xolmirzayev 91-185-58-55

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari texnologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari Oʻ.Nishonov 90-691-13-16

Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi S.Abduraximov 93-400-51-81

•  Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni oʻzlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga oʻrnak boʻladigan  jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi maʼlumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;

•  Tanlov ishtirokchisining fanlari oʻzlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni oʻzlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;

•  Tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga;

•  Turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (nusxalari ilova qilinadi);

•  Grantlarda ishtirok etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi koʻrsatiladi;

•  Konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi maʼlumotlar, ilmiy ishlar roʻyxati va ilmiy ishlar nusxalari ilova sifatida taqdim etiladi;

Hujjatlari toʻplamiga kiritilgan materiallar va axborotlar joriy yil davomida chop etilgan boʻlishi lozim.

Tanlov komissiyasi, ishtirokchilarning hujjatlari toʻplami, darslarda va jamoat ishlarida ishtiroki sifatini, shuningdek, ishtirokchi bilan individual oʻtkazilgan suhbat doirasida olingan maʼlumotlarni baholash natijalarini hisobga olgan holda, har bir nominatsiya boʻyicha gʻolib(1, 2, 3-oʻrin)larni aniqlaydi va birinchi oʻrin sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi. Nominatsiyalar boʻyicha 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida, 2-oʻrin sohibi 6 barobari miqdorida va 3-oʻrin sohibi 4 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.