+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, sportning har xil turlarini, shu jumladan “Muay-tay”ni yanada ommalashtirish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda “Muay-tay” respublikamizda jadal rivojlanayotgan sport turlaridan biridir. O‘zbekiston “Muay-tay” federatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi hamda faoliyat ko‘rsatmoqda“Muay-tay” bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi nufuzli xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, sharafli o‘rinlarni egallab kelmoqda, shu bilan bir qatorda, Namangan muhandislik-texnologiya instituti ham zamonaviy stadion, sport zallari va sport anjomlari bilan to‘la jihozlanib talaba-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Talabalar sharq yakkakurashlarining “Muay-tay” yo‘nalishi bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport fani o‘qituvchisi Qo‘chqorov Ulug‘bek murabbiyligida doimiy ravishda shug‘illanib, turli musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. Mazkur mehnatlarning samarasi o‘laroq, talaba-yoshlarimizdan Tojiddinova Dilnoza, Saydullaev Dostonbek, O‘sganova Durdona, Parpiboev Humoyunmirzo, Salimbaev Xurshidbek kabi yoshlarimiz sport ustasi unvoniga ega bo‘ldilar. Mazkur voqea munosabati bilan OAV bilan hamkorlikda karantin talablariga rioya etgan holda tadbir tashkil etildi. Tadbirda rektor Odiljon Mamatkarimov tomonidan talabalarning ushbu muvaffaqiyati e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Institutimiz sportchilari navbatdagi yutuqlarni qo‘lga kiritishdi.