Axborot resurs markazi

Markaz direktori

Dolimov Abdulaziz Solijonivich

Qabul vaqti:

Har kuni, 15:00-17:00

E-Mail:

Markaz tarkibi
  • Dolimov Abdulaziz Solijonovich – markazi rahbari
  • Abdullaev Ravshan Karimdjanovich Bo‘lim mudiri
  • Abdullaev Ravshan Karimdjanovich Bo‘lim mudiri
  • Qaxxarova Saida Naqibjanovna Etakchi mutaxassis
  • Maxammadjanova Zilola G‘olibjon qizi Uslubchi
  • Olimova Ra’no Usmonovna Kutubxonachi
  • Sultanova Munisa Saxobiddinovna Kutubxonachi
  • Abduazizova Marg‘uba Tursunpo‘latovna Kutubxonachi
  • Zulfiqarova Dilfuza G‘ulomjanovna Bo‘lim mudiri
  • Sotvoldieva Rashida Saloxiddinovna Etakchi mutaxassis
  • G‘anieva Rislig‘oy Xasanboevna Kutubxonachi
  • Xoshimova Rashida Zakriyaevna Kutubxonachi
  • Tojiaxmedov Sharifjon Raximovich Bo‘lim mudiri
  • Azimova Gulnora Mamataxunovna Bosh kutubxonachi
  • Raximov Avazbek Rustamovich Bibliograf
  • Karimova Ma’mura Latipjanovna Kutubxonachi
  • Yuldasheva Mavluda Abdullaevna Kutubxonachi
  • Obbasxonov Zoxidjon Mavliddin o‘g‘li Bo‘lim mudiri
  • Nurmatova Nigora Toyirjonovna Kutubxonachi
  • Isoqjonova Muqaddas Nozimjon qizi Kutubxonachi
  • Abdullaeva Zaynab Umarovna Bibliograf
  • Qayumova Zarifa Alimjanovna Kutubxonachi
Markaz faoliyati
Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot resurs markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta`minlashni tashkil etish to`g’risida»gi PQ-381 sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2006 yil 23 iyundagi 135-sonli buyrug’i ijrosini ta`minlash yuzasidan Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektorining 2006 yil 13 iyuldagi 84-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
Axborot-resurs markazi to`la rekonstruktsiya qilinib, institut talabalari, professor-o`qituvchilar va xodimlarning mustaqil ishlashlari uchun 1338.5 M² maydonga ega. Axborot-resurs markazining umumiy fondi 24 357 nomda 149166 ming nusxada adabiyotlar fondiga ega. Jumladan:
1. Darsliklar – 1781 nomda, 24059 nusxada
2. O`quv qo`llanmalar – 2232 nomda, 35459 nusxada
3. Ilmiy adabiyotlar – 1429 nomda, 16375 nusxada;
4. Badiiy adabiyot – 10886 nomda, 33343 nusxada;
5. Boshqa adabiyotlar – 7555 nomda, 38141 nusxada;
6. Chet el adabiyotlari – 474 nomda, 1789 nusxada.

Bugungu kunda Axborot-resurs markazida jami 5 ta bolim va 3 ta shaxobcha faoliyat yuritmoqda.
Axborot-resurs markazining moddiy texnika bazasi 68 ta kompyuter jamlanmasi, 4 ta printer, 7 ta (skaner) nusxa olish apparati va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanib kelinmoqda. ARMda 52 ta o`rinqa mo`ljalangan, lokal va internet tarmoqlariga ulangan 3-ta kompyuter sinfi mavjud bo`lib, lokal tarmoq tezligi 100 mb/sekundni, internet tarmoqining tezligi esa 2 mb/sekundni tashkil etadi. ARM xodimlari tamonidan hozirgi kungancha 14375 ortiq nomdagi darslik va o`quv qo`llanmalarni elektron nusxalari tayyorlandi.
Institut «Talabalar turar joyi»da yashovchilar uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 67247 nusxa kitob fondiga ega bo`lgan abonement bo`limi, 14660 ta kitob fondiga ega bo`lgan 36 o`rinli o`quv zali, 12 o`ringa mo`ljallangan zamonaviy kompyuterlar jamlanmasiga ega kompyuter zalida axborot kutubxona xizmati ko`rsatish yo`lga qo`yilgan.

Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari

1. Umumiy qoidalar. 
 1.1.Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, inson-parvarlik, umumiy foydalanishga qulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxsning erkin kamol topishi printsiplariga asoslanadi. 
 1.2. ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan ko`rsatiladigan pullik xizmatlarning ayrim turlari ro`yxati, ular uchun to`lanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi. 

2. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari. 
 2.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat ko`rsatadigan hududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jiqatdan mansubligidan qat`i nazar, barcha aqoliga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. 
 2.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek boshqa ARMdan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida etkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish; -bibliografik, ma`lumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish; -ARM tomonidan o`tkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish. 
 2.3. Foydalanuvchilar ARMga a`zo bo`lish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug’ilganlik to`g’risidagi guvohnoma yoki pasport) talabalar uchun talabalik guvohnomasini, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda a`zolik biletini va ro`yxatdan o`tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma`lumotlar beradilar. Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik a`zolik biletini, pasportini yoki uning o`rnini bosadigan hujjatni ko`rsatgan holda oladilar. Boshqa mamlakat fuqarolari biletni o`z mamlakati pasporti yoki balgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida oladilar 
 2.4. Foydalanuvchilarga bir yo`la foydalanish uchun beriladigan. hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi. Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e`lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi. 
 2.5. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni eqtiyot qilishi shart. Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko`zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to`qrida ARM xodimiga ma`lum qilishi kerak. 
 2.6. ARM fondiga zarar etkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar. 
 2.7. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma`muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin. 

3. ARMning foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish bo`yicha majburiyatlari 
 3.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini ta`minlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; ma`lumotnoma-bibliografik

Markaz manzili: NamMTI, 1-bino, 2-qavat