+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Abituriyentlar tomonidan telefon raqami yo‘qolganligi, telefon raqami ishdan chiqqanligi yoki shaxsiy kabinetga kirish parolini unutib qo‘yganligi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat test markazi tomonidan mazkur murojaatlar inobatga olingan holda, abitur.dtm.uz sayti orqali “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratildi.

Endi “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinetga kirmasdan ham olish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ruxsatnoma olish uchun telefon raqam va parol shart emas.

Bunda “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

  • pasport seriyasi;
  • pasport raqami;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR).

Mazkur imkoniyatdan quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: https://abitur.dtm.uz/allow.