+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

2020 yil 22 iyul kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida ZOOM dasturi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Onlayn uchrashuvda Institut rektori O.Mamatkarimov, Namangan viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili Abdullaev Muhammadjon Komiljonovich, Namangan shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Kirgizov Muzaffar Maxmudjanovich, Namangan shahar Abu-Hanifa jome’ masjidi imom xatibi Tursunov Shukirillo qori, M.Qayumov. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, barcha fakultet dekanlari, ishchi xodimlari va professor-o‘qituvchilari ZOOM dasturi orqali ishtirok etdi. Onlayn uchrashuvda ma’ruzachilar tomonidan hozirgi kunni dolzarb mavzusi hususida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Jumladan: Namangan viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili M.Abdullaev O‘zbekiston Respublikasida hamda Namangan viloyatida sodir etilgan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha va ularni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari hususida to‘htalib o‘tdi. M.Abdullaev korruptsiyaga qarshi kurashish kelib chiqish tarihi, hozirgi kundagi zamonaviy hatti harakatlari hususida to‘htalib o‘tib 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi esa bu borada amalga oshirilayotgan isloxotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Shuningdek, hayotga tadbiq etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi O‘zbekiston Respublikasida “Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni, 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi yangi tarkibi tasdiqlandi va faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ta’kidlash joizki yuqoridagi prezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperement tariqasida, jamoatchilik va etakchi ekspertlarni jalb qilgan xolda dastlabki bosqichda kpital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish, 2020 yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish vazifalari yuzasidan bir qator amaliy harakatlar joriy etilganligini ta’kidladi. Shundan so‘ng institut rektori O.Mamatkarimov o‘z so‘zida institutda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek: O.Mamatkarimov 2019 yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va etakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshirish rejalashtirilganligi hususida gapirib o‘tib hozirgi kunda bu rejaning amaldagi harakatiga guvohi bo‘lib turibmiz deb ijobiy harakatlar to‘g‘risida to‘htalib o‘tdi. Dastur davomida onlayn uchrashuvda Adliya xoimlari va Imom hatiblar tomonidan korruptsiya va poraho‘rlik illatining ko‘rinishlari unga qarshi diniy qarashlar hamda qonunlarda aks etayotgan harakatlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Uchrashuv so‘ngida ma’ruzachilariga onlayn tarizda professor-o‘qituvchilar va xodimlar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar olindi. Joriy yilda bunday targ‘ibot tadbirlarini tegishli tartibda tez-tez o‘tkazilishi to‘g‘risida hamkor tashkilotlar bilan kelishib olindi.