+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Alohida iqtidori bor talabalar o‘rtasida “Uy sharoitida yozgi natyurmort ishlash” loyihasi doirasida 🎨 Men natyurmort chizaman! Rasmlar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov joriy yil 14-25 iyulь kunlari o‘tkazildi, unda har bir guruhlar saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan bittadan ijodiy ish namunasini tanlov hay’ati a’zolariga 25-iyulga qadar taqdim etildi.
Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlari 🎨Men_natyurmort_chizaman! kanalida namoyish etildi. Barcha ijodiy ishlar 🎨Men_natyurmort_chizaman! Telegram kanaliga joylandi va ekspertlar tomonidan eng yaxshi deb topilgan 5ta ijodiy ishlar https://t.me/men_natyurmort_chizaman kanali orqali 29-iyulь kuni 08:00dan 30 iyulь kuni 17:00ga qadar ovozga qo‘yish orqali eng ko‘p ovoz yig‘gan talabalar munosib taqdirlandi.
Shunga ko‘ra ekspertlar guruhi ijodiy ishlar orasidan 5 ta ishtirokchi yani Dizayn ta’lim yo‘nalishi talabalari 4-bosqich U.Abdubanonova, 1-bosqich N.Xamidova, 1-bosqich M.Nosirova, 1-bosqich D.O‘rmonova, 1-bosqich M.Nuralievalar chizgan rasmlari ekspertlar tomonidan saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarni ijodiy ishlarini institut professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari tomonidan ovoz yig‘ish jarayoniga joriy etildi. Ovoz yig‘ish orqali 1-o‘rinni 765 ovoz bilan 1-o‘rin U.Abdubanonova, 591 ovoz bilan 2-o‘rin N.Xamidova, 135-ovoz bilan D.O‘rmonovalar munosib deb topildi.
🎨 Men natyurmort chizaman! rasmlar tanlovi natijasiga ko‘ra!
🏆Birinchi saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarni institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alar va fahriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar!
🏆Ikkinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan talabalarga institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshiriladi!

G‘oliblikni qo‘lga kiritlan talabalar ijodiy ishlari namunalari! Havola etiladi!

1-o’rin
2-o’rin
3-o’rin