+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish xarajatlari to’g’risida

So’nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda to’lov-kontrakt asosida o’qitish miqdorlarini qayta
ko’rib chiqish masalasi muhokamalar markaziga chiqmoqda. Hamyurtlarimiz uchun yanada tushunarli
bo’lishi maqsadida oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning minimal xarajatlari to’g’risida aniq
misollar keltirib o’tiladi.

Demak, bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo’nalishlari
bo’yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabani bir yillik o’qitish xarajatining eng kam miqdori
(stipendiyasiz) 9,3 mln. so’mni tashkil etmoqda.

Jumladan, professor-o’qituvchi, xodimlar ish haqlari va ish beruvchining ijtimoiy to’lovi uchun
7,9 mln. so’m (umumiy xarajatga nisbatan 85,4%), boshqa joriy saqlash xarajatlari uchun 1,4
mln. so’m (umumiy xarajatga nisbatan 14,6%) shundan, kommunal xarajatlar uchun 0,3 mln. so’m
(umumiy xarajatga nisbatan 2,8%).

??Amalda esa bazaviy to’lov-kontrakt miqdori (stipendiyasiz) 6,4 mln. so’m etib belgilangan
bo’lib, joriy saqlash xarajatlarining 69% ni qoplamoqda. Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, har
bir bazaviy to’lov-kontrakt asosida o’qiyotgan talabalar o’qitishning minimal xarajatlari uchun
to’lovlarni 2,9 mln.so’mga kam to’lamoqda.

!?Mazkur xarajatlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan oshirilgan (“super”) kontrakt va
davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: hisob-kitoblar bugungi kunda respublika oliy ta’lim muassasalarida to’lov-
kontrakt asosida o’qiyotgan talabalarning 80% dan ortig’i o’qiyotgan ta’lim yo’nalishlariga
tegishli.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/2217