Namangan muxandislik-texnologiya instituti 2019-2020 o‘quv yilida bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 849 nafar bitiruvchilarni tashkil etadi. Viloyatdagi 80 dan ortiq yirik ish beruvchi xamkor tashkilotlarimiz bilan bitiruvchilar 3- tomonlama shartnoma imzolab o‘z ish o‘rinlariga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, 172 nafardan ortiq bitiruvchilar magistraturada taxsil olish istagini bildirishgan. Quyida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.