+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Pasport olish yoshiga yetmaganligi sababli fuqarolik pasporti boʼlmagan va boshqa sabablarga koʼra 2020/2021 oʼquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga abiturient sifatida ro’yxatdan oʼtish bilan bogʼliq masalalar kuzatilmoqda.
Raxbariyat topshirigʼiga muvofiq, fuqarolik pasporti bilan bogʼliq muammolar tufayli respublika oliy taʼlim muassasalariga abiturient sifatida roʼyxatdan oʼta olmayotganligi sababli murojaat qilgan fuqarolarni Davlat test markazi bazasiga abiturient sifatida kiritilishida oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan amaliy yordam koʼrsatilishini ma’lum qiladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 87-02-96 sonli hati