Buning uchun Davlat test markazi tomonidan yaratilgan qabul.dtm.uz saytiga kirish va oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim tilini tanlash kifoya.

Bunda tanlagan oliy ta’lim muassasasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

👉 qabul rejasi (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida);
👉 abituriyentlar soni;
👉 tanlov ko‘rsatkichi.

Mazkur ma’lumotlar har bir ta’lim shakli bo‘yicha alohida ko‘rsatiladi.

Ma’lumotlar har soatda yangilanadi.