Bugun, 2020 yil 1 iyuldan Respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish jarayoni boshlanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son (https://t.me/eduuz/2492) qaroriga muvofiq 2020/2021 oʼquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʼqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

👉 Veb-sayt: http://magistr.edu.uz

❗️Eslatma:

✅ Magistraturaga qabul Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test oʼtkazish orqali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va toʼlov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

✅ Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari boʼyicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash boʼyicha test savollari ham kiritiladi.

Аsos: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev huzurida 2020 yil 30 aprelь kuni oʼtkazilgan yigʼilishning 28-sonli bayoni 5-bandida belgilangan vazifalar.