+998 69 228 76 71 niei_info@edu.uz

Davlat komissiyasining 1-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Davlat test markazi vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Shoyimovich, bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Jonuzoqovich, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Muxtorovna hamda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barna Jo‘raqulovich ishtirok etdi.

Unda, Davlat komissiyasining 1-son bayonida 2020-2021-o‘quv yili uchun qabul masalalari yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Davlat test markazi matbuot xizmati